Upsala universiteti

Upsala universiteti Shvetsiyadagi qadimgi va yirik universitetlardan biri. 1477 yil Upsala shahrida arxiepiskop Yakob Ulfson tomonidan tashkil etilgan. 18-asrda universitetda tibbiyot va tabiatshunoslikdan shved tabiatshunosi K. Linney, astronomiyadan shved astronomi va fizigi A. Tselsiy dars bergan. Universitet huquq, ijtimoiy fanlar, teologiya, tibbiyot, tarix, falsafa, tilshunosliq, farmatsevtika, matematika, fizika, biologiya, kimyo, geografiya bo’yicha mutaxassislar tayyorlaydi. Kutubxonasi (1920 yil tashkil etilgan)da 2 millionga yaqin asar saqlanadi. Universitetda 18 mingga yaqin talaba ta’lim oladi.