Magnit «siyoh»

Magnit «siyoh» — oddiy yozuv qog’oziga matn va grafik chizmalarni (magnit usulda) qayd qilish hamda o’qish uchun mo’ljallangan magnitli axborot eltuvchilar (magnit lentalar, perfokartalar, perfolentalar va boshqalar)ning bir turi. Magnit «siyoh» karbonil temir va geptandan suspenziya (eritma) yoki mikroskopik magnit zarralar aralashtirilgan mastika tarzida tayyorlanadi. Bunday «siyoh» bilan tushirilgan yozuvni «o’qish» oson bo’lishi uchun suspenziya yoki mastikaga rang qo’shiladi. Magnit «siyoh» bilan qog’ozga maxsus ruchkada, qo’lda yoki yozuv mashinasida yozish mumkin. Magnit «siyoh», asosan, hujjatlar bilan ishlash (xillarga ajratish, hisobga olish, kodlash va boshqalar) jarayonini mexanizasiyalashtirish uchun qo’llaniladi.