Madeyra
Madeyra — Boliviya va Braziliyadagi daryo, Amazonka daryosining eng yirik o’ng irmog’i. And tog’laridan boshlanuvchi Mamore va Beni daryolarining qo’shilishidan hosil bo’ladi. Uzunligi (Mamore daryosi bilan birga) 3200 kilometr, havzasining maydoni 1391 ming km2. Yuqori oqimida, Braziliya yassitog’ligining shimoliy-g’arbiy chekkasidan o’tgan qismida, sharshara va ostonalar hosil qiladi; Portu-Velyu shahridan boshlab Amazonka paettekisligi bo’ylab oqadi. Yozda sersuv bo’ladi. O’rtacha suv sarfi 30,5 ming m3/sekund. Portu-Velyu shahridan boshlab (1060 kilometr) kema qatnaydi.