Usmonov Saidmahmud Nu’monovich
Usmonov Saidmahmud Nu’monovich (1929.18.5, Chimkent shahri — 2000.11.3, Toshkent) — agronom-iqtisodchi olim, O’zbekistan. Qishloqxo’jaligi Fanlar Akademiyasi akademik (1991), iqtisod fanlari Doktori (1980), professor (1981), O’zbekistonda xizmat ko’rsatgan iqtisodchi (1979). Toshkent qishloq xo’jaligi institutini tugatgan (1951).Soyuznikda aspirant (1951 — 54), katta ilmiy xodim (195556). Toshkent oliy partiya maktabida o’qituvchi (1956-58). O’zbekiston KP MK qishloq xo’jalik bo’limi mudiri o’rinbosari, O’zbekiston KP Surxondaryo viloyat qo’mitasi kotibi (1958), Surxondaryo viloyat ijroiya qo’mitasi raisi, O’zbekiston KP MK kotibi (1959-61), Kuba hukumati huzurida sovet bosh maslahatchi tashkilotchilar guruhi boshlig’i (1962). UzSSR Qishloq xo’jaligi mahsulotlari yetishtirish va tayyorlash vazirining 1-o’rinbosari (1963-64), O’zbekiston KP Samarqand viloyat qo’mitasining 1-kotibi (1964— 73), O’rta Osiyo qishloq xo’jalik iqtisodiyoti ilmiy tadqiqot instituti direktorining ilmiy ishlar bo’yicha o’rinbosari (1973-75), shu institut direktori (1976-91). O’zbekiston Qishloq xo’jaligi Fanlar Akademiyasining 1-vitse-prezidenti (1991-93) va prezidenti vazifasini bajaruvchi (1993-97). O’zbekiston Agrosanoat majmuida bozor islohotlari ilmiy tadqiqot instituti maslahatchisi (1997-2000). Ilmiy ishlari mehnatni iqtisodiy rag’batlantirish, qishloqda iqgisodiy islohotlarni takomillashtirish, O’zbekiston agrosanoat majmuini rivojlantirish masalalariga bag’ishlangan. As: Ekonomika selskogo xozyaystva i organizasiya zagotovok v potrebitelskoy kooperasii, T., 1968; qishloq xo’jalik ekonomikasining aktual masalalari, T., 1987; Semeyniy podryad v selskom xozyaystve Uzbekistana, T., 1989; put ekonomista, T., 2003.