Mo’minov Ramizulla Abdullayevich

Mo’minov Ramizulla Abdullayevich (1941.24.10, Toshkent viloyati Qibray tumani) — fizik olim, O’zbekiston Fanlar Akademiyasi akademik (2000), fizika-matematika fanlari Doktori (1979), professor (1990). ToshDU ni tugatgan (1963). O’zbekiston Fanlar Akademiyasi Fizika-texnika ilmiy tadqiqot institutida ilmiy xodim (1970— 71), direktor o’rinbosari (1971-76), maxsus konstruktorlik byurosi direktori (1984— 88), yetakchi ilmiy xodim (2002 yildan). O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasida bo’lim boshlig’i (1991— 92), O’zbekiston Respublikasi fan va texnika davlat qo’mitasining Davlat ilmiy-texnika axborot fondi direktori (1996-2002). Ilmiy ishlari qattiq jismlar fizikasi, yarimo’tkazgichlar va dielektriklar fizikasi va shular asosida asbob-usku nalar yaratishga oid. U qattiq jismlarda tashqi ta’sirlar — kuchli impuls magnit maydoni, ultratovush to’lqinlari kabi ta’sirlar yordamida butunlay yangicha fizik jarayonlar keltirib chiqarish usullarini birinchi bo’lib rivojlantirdi. Uning izlanishlari natijalari asosida yadro nurlarini o’lchovchi — yarimo’tkazgich detektorlari, lazerlar, quyosh nurini elektr energiyasiga aylantiruvchi asbob-uskunalarni ishlab chiqarish yo’lga qo’yildi. Bu asbob-uskunalar, fazo va suv osti kemalarida, termoyadro sintezi qurilmalari va boshqalarda keng qo’llanilyapti. Beruniy nomidagi O’zbekiston Davlat mukofoti laureati (1992).