Upanishadlar

Upanishadlar [sanskritcha ustozning yonida (haqiqatni bilish uchun) o’tirmoq] — hind diniy-falsafiy risolasi; proza va she’r bilan yozilgan, Veda adabiyotining yakunlovchi qismi, xotimasi. Taxminan miloddan avvalgi 7—3-asrlarda paydo bo’lgan. Uning markazida Veda dinining falsafiy masalalari, odamning o’zini o’zi va atrofidagi olamni bilishi yotadi. Upanishadlarning asosiy g’oyasi Brahma va Atman (sub’yekt, alohida shaxs) ning birligi to’g’risidagi ta’limotda ifodalanadi. Upanishadlarga 2 va 8-9-asrlarda yozilgan izohlar vedantalarga asos bo’lgan. Upanishadlar keyingi asrlarda shakllangan barcha xind falsafiy tizimlari va maktablariga hamda ularning vakillari dunyoqarashiga ta’sir qilgan.