Ukrop, shivit
Ukrop, shivit (Anethum) — soyabongullilar oilasiga mansub bir yillik, ba’zan ikki yillik o’tsimon o’simlik; sabzavot ekini. Osiyo va Afrikada 4 turi o’sadi. Bir yillik xushbo’y Ukrop (A. graveolens) turi Yevrosiyo, Amerika va Afrikada, O’rta Osiyoda keng tarqalgan. O’zbekistonda Ukrop qadimiy ekin hisoblanadi. Ildizi o’q ildiz, yer ustki qismi o’rtacha shoxlangan, balandligi 18 — 36 santimetr, 6 -12 ta tik turuvchi sochma barglardan iborat. Guli soyabon, ikki jinsli. Urug’i mayda, och va to’q jigarrang. Ukrop sovuqqa chidamli, yorug’sevar, dastlabki rivojlanish paytida namlikka ayniqsa talabchan. Barglari tarkibida S, V,, V2, RR, R vitaminlari, karotin, folat kislota, temir, kaliy, kaltsiy, fosfor tuzlari, efir moylari mavjud. Ukrop kundalik oziq-ovqat iste’molida, bodring, pomidor va boshqa sabzavotlarni tuzlashda ishlatiladi, tibbiyotda turli dorilar tayyorlanadi, sanoatda Ukrop yog’i olinadi. Urug’i 7 -20 kunda unib chiqadi, 30-40 kunda o’riladi, 60 -70 kunda to’liq gullaydi. O’suv davri qisqa bo’lganligi uchun Ukropni bir necha marta ekib, hosil olish mumkin. Qishda issiqxonalarda, ochiq dalaga erta bahorda ekiladi. Ekish chuqurligi 2 -3 santimetr. O’zbekistonda Ukropning O’zbekiston243 va orom navlari ekiladi. Ad.: Hakimov S. A., Hakimov A. S, Toshmuhamedov A. A., Ukrop, sabzavot va poliz ekinlari urug’chiligi, T., 2003.