Ukraina milliy fanlar akademiyasi
Ukraina milliy fanlar akademiyasi — Ukrainaning oliy davlat ilmiy tashkiloti. 1918 yil 27 noyabrda tashkil etilgan. Kiyev shahrida joylashgan. Uning 1-prezidenti — mashhur Geolog olim va geokimyogar V. I. Vernadskiy. Dastlab akademiya 3 institut, 15 komissiya va milliy kutubxonani birlashtirgan 3 ilmiy bo’limdan iborat bo’lgan. Akademiya tarkibidagi 3 sektsiya, 14 bo’lim, 170 ga yaqin institut va boshqa ilmiy muassasada 13 mingdan ortiq ilmiy xodim ishlaydi. Fanlar Akademiyasining 500 dan ziyod haqiqiy va muxbir a’zosi, 130 xorijiy a’zosi bor. 7 mintaqaviy ilmiy markaz, 2 ilmiy kutubxona, 2 nashriyot mavjud, 80 ga yaqin ilmiy jurnal, monografiya, ma’lumotnoma, darslik, lug’at, ilmiyommabop adabiyotlar nashr etadi. Akademiyada turli yo’nalishdagi ilmiy maktablar shakllangan. Jumladan, E. O. Payaonning elektr payvandlash, V. M. Glushkovning kibernetika maktablari jahonga mashhur. Akademiya 50 dan ortiq mamlakatning ilmiy markazlari bilan hamkorlik qiladi. Akademiya MDH mamlakatlari Fanlar Akademiyalarini birlashtiruvchi xalqaro Fanlar Akademiyasi assotsiatsiyasini tuzish tashabbuskori. 20 dan ortiq xalqaro tashkilotlar ishida qatnashadi. Prezidenti B.E. Paton (1962 yildan).