Unitar korxona

Unitar korxona mulk egasi tomonidan o’ziga birkitib berilgan mulkka egalik qilish huquqi berilmagan tijorat tashkiloti ko’rinishidagi davlat yoki mahalliy boshqaruv idoralari korxonasi. O’zbekiston Respublikasi qonunlariga ko’ra, davlat hokimiyati organi yoki mahalliy boshqaruv tomonidan tashkil etiladigan xujalik yuritish huquqiga asoslangan Unitar korxona va operativ boshqarish huquqiga asoslangan davlat mulki bo’lgan Unitar korxonalar bor. Unitar korxona o’z majburiyatlari bo’yicha o’ziga tegishli jami mol-mulki bilan javob beradi, lekin mol-mulki egasi majburiyatlari bo’yicha javobgar emas. O’zbekiston Respublikasida 90-yillar oxiridan sanoat, transport tarmoqlarida Unitar korxonalar tashkil topa boshladi (masalan, Muborak gazni qayta ishlash zavodi 2000 yil 25 maydan Unitar korxona maqomida faoliyat ko’rsatadi).