Uotson krik modeli

Uotson krik modeli — qo’sh spiral dezoksiribonuklein kislotaning tuzilish modeli (gipoteza). Uotson krik modeliga ko’ra, DNK molekulasi o’zaro antiparallel yo’nalgan 2 polinukleotid zanjirdan tashkil topgan. Zanjirlar to’g’ri, o’ng tomonga buralgan kush spiraldan iborat. Kush spiral qaramaqarshi joylashgan azot asoslari o’rtasidagi vodorod bog’larning o’zaro ta’siri tufayli mustahkam ushlanib turadi. Uotson krik modelini 1953 yilda Amerika va ingliz olimlari, molekulyar biolog J. Uotson va fizik F. Krik taklif etgan. Modelning yaratilishida M. Uilkins va R. Franklin olgan DNK ning yuqori sifatli Rentgenogrammasi (1950-52), L. Polingning har xil spiral strukturalar rentgenogrammasi ko’rinishini oldindan aytib berishga imkon beruvchi nazariyasi (1951), A. Todd va uning xodimlari tomonidan DNK molekulasidagi nukleotidlar o’rtasidagi kimyoviy bog’lar tabiatining aniqlanishi (1952), E. Chargaffning DNK molekulasidagi azot asoslarining o’zaro nisbatini aniqlashi (1947-50) muhim ahamiyatga ega bo’ldi. Uotson krik modeli DNKning matrisali yarimkonservativ reduplikatsiyasi mexanizmini, genetik informatsiyaning transkripsiyasi va kodlashning umumiy printsiplarini, mutasion jarayonning ayrim molekulyar mexanizmlarini bashorat qilish uchun asos bo’ldi. Keyinchalik o’tkazilgan juda ko’ plab tadqiqotdarda Uotson krik modelining asosiy ko’rsatkichlari tajriba asosida tasdiqlandi. DNK molekulasining boshqacha ko’rinishga ega bo’lgan, masalan, zigzagsimon modeli ham taklif qilindi. Genomning ayrim qismlarida chap tomonga buralgan, ya’ni Zdnkning mavjudligi tajriba yo’li bilan tasdiqlangan (A. Rich, 1974). Biroq Uotson krik modeli DNK molekulasi strukturasini faqat in vitro emas, balki in vino sharoitida ham, asosan, to’g’ri aks ettirishiga shubhalanishga asos yo’q. Uotson krik modelining kashf etilishi biol.ning yangi yo’nalishi — molekulyar biologiya fanining rivojlanishi uchun kuchli turtki bo’ldi. Uotson krik modeli biologiya sohasida 20-asrda kashf etilgan uchta yirik kashfiyotdan biri sifatida e’tirof etiladi.