Umarov Hamza

Umarov Hamza (1925.17.12, Qo’qon 1987.26.11, Toshkent) — aktyor, rejissyor. O’zbekiston xalq artisti (1967). 2-jahon urushi qatnashchisi. Toshkent teatr va rassomlik san’ati institutida (194851) o’qigan. 1950-86 yillar Muqimiy teatrida, 1987 yil yanvar—avgustda Hamza teatrida, so’ngra «O’zbekfilm» kinostudiyasida ishlagan. «Armug’on» spektaklidagi Ja’far Umarovning sahnada yaratgan ilk obrazidir. «Oltinko’l» (uyg’un)da G’ani, «nurxon» (K.Yashin)da Huzurxo’ja, «Farhod va Shirin» (Xurshid)da Shopur, «Ravshan va Zulhumor» (K.Yashin)da tersak rollari bilan tanildi. Umarov ijodida 50-yillar shakllangan xarakterli, lirik va kulgili-hajviy yo’nalishlar keyingi yillar ham davom etdi. Qahramonlarining fe’l-atvori va xususiyatlarini bir oz bo’rttirib ifodalashi, so’zlarini dona-dona va jarangdor talaffuz qilishi, qo’shiqlarini qahramon holatiga singdirib yuborishi, qarama-qarshi his-tuyg’ularni kuchli psixologik dramatizmda yetkazishi bilan Umarov san’ati alohida ajralib turadi. Isfandiyorxon («G’azal fojiasi»), Ma’dalixon («Nodira»), Sayd («Guli siyoh»), masxaraboz («o’n ikkinchi kecha»), Asqarali («Mavlono Muqimiy»), Gung («Qizbuloq»), Pantashvili («Xonuma xonim») kabi obrazlari bunga misoldir. Rejissyor sifatida «bag’ri tosh», «Qaynona», «ishqing bilan» kabi asarlarni sahnalashtirgan. Umarovning kino san’ati rivojiga qo’shgan xizmatlari alohida bo’lib, kinoda uning yangi qirralari ochildi, qiyofasi, chehrasi, ovozi, xatti-harakatlari, o’zini tutishi, ichki kechinmalarining yuzida, ko’zlarida zohir bo’lishi kinematografiya imkoniyati va ifoda vositalariga juda mos tushgan. Kinoda Salimboyvachcha («Qutlug’ qon»), Umar («mahallada duvduv ran»), Madaminbek («Favqulodda komis- sar»), Homid («o’tgan kunlar»), Qoriev («Inqilob chavandozlari»), Asqarov («yoz yomg’iri»), Normat («shijoat»), Sulaymonov («falokat oyoq ostida»), Jabborov («Shiddat»), Qo’ldoshev («seni kutamiz, yigit»), Matnazar («olovli sohil») kabi 60 dan ortiq obraz yaratgan. U bir qancha televizion spektakllar (masxaraboz, «Qirolning dilxushi» va boshqalar)da ham o’ynagan. Dublyaj san’atining mohir ustasi sifatida tanilgan (1000 dan ortiq filmda ovoz bergan). «Bag’ri tosh», «hayot yo’li»; «dil tortsa», «yor yurgan ko’chalar», «ton g farzandlari» pesalarining muallifi. Hamza nomidagi O’zbekiston Davlat mukofoti laureati (1970). Muhsin Qodirov.