Ultramikrokimyoviy analiz

Ultramikrokimyoviy analiz — juda oz miqdordagi moddalar namunasini tekshirishga asoslangan usul va uslublar majmui. Tajribada oddiy kontsentrasiyali, lekin hajmi p (10″3-106) ml dan ko’p bo’lmagan eritmalardagi p (106-1012) g miqdor modda aniqlanadi. Ultramikrokimyoviy analiz mikrokimyoviy analiz yo’li bilan aniqlab bo’lmaydigan oz miqdordagi moddalarni aniqlash imkonini beradi. Ultramikrokimyoviy analiz usullari odsiy usullarda aniklash reaktsiyalari kabi reaktsiyalarga asoslangan. Tajribada mexanik manipulyatordan foydalaniladi. Tekshirishlar lupa (hajmi 10 3 ml) yoki mikroskop (hajmi 10~3 ml dan kichik) yordamida olib boriladi. Barcha operatsiyalar mikromanipulyatorlardan foydalanib mikroskop buyum stolchasining ko’rish maydonchasida o’tkaziladi. Oz miqdordagi namunalarni analizga tayyorlash usullari o’ziga xos bo’lib, namunaning turi va tabiatiga bog’liq. Tekshirilayotgan namunalar va ularning tabiati turlicha, masalan, korroziya mahsulotlari, g’ubor, qoplama, minerallardagi qattiq va suyuq aralashmalar, meteoritlar, qotishmalardagi aralashmalar, kichik qajmdagi turli suyuqliklar, yangi kimyoviy elementlar va boshqalar bo’lishi mumkin.