Ultratovush bilan davolash

Ultratovush bilan davolash — davolash va diagnostika maqsadida ultratovushdyan foydalanish. Ultratovushning ta’sir etish mexanizmi mexanik (hujayra va to’qimalar mikromassaji), termik (issiq hosil bo’lishi) va fizik-kimyoviy faol moddalar hosil bo’lishi va boshqa omillarga asoslangan. Ultratovush tibbiyot amaliyotida 30-yillardan qo’llana boshlandi. Undan davo maqsadida foydalanishda maxsus apparatlar qo’llaniladi. Ultratovush tanaga 1 santimetr dan 5-6 santimetrgacha chuqurlikda kiradi, bu undan turli a’zolarni davolashda foydalanishga imkon beradi. Ultratovush bilan davolashda, asosan, uning to’qimalardagi xujayralar ichki jarayonlarini (oqsil biosintezi, biologic faol moddalarning hosil bo’lishi, va boshqalar) faollashtirishga yordam beruvchi kichik dozasidan foydalaniladi. Ultratovush organizmga mexanik, fizik, kimyoviy va issiq ta’sir qiladi. Ultratovushning terapevtik ta’siri mahalliy va umumiy reaktsiyalardan iborat bo’lib, neyroreflektor va gumoral yo’l orqali yuzaga chiqadi. Ultratovush ma’lum dozada og’riqsizlantiruvchi, so’ruvchi, yallig’lanishga qarshi, spazmolitik, fibrionolitik, qonni suyultiruvchi ta’sir qiladi. Uning ta’sirida bitish va tiklanish jarayonlari tezlashadi, nerv-muskul apparati qo’zg’aluvchanligi oshadi. Periferik nerv tolasidan impuls o’tishini tezlashtiradi, to’qimaning trofik funktsiyasini yaxshilaydi va hokazolar. Tayanch-harakat apparati kasalliklari (artrit, artroz, revmatoid artrit, periferik nerv sistemasi jarohati va kasalligi, hazm a’zolari kasalliklari, me’da va 12 barmoq ichak kasalliyutari), quloq, tomoq va burun kasalliklari (tonzillit, faringit), ginekologik kasalliklar (salpingoofaritlar), urologic kasalliklar (prostatit) va stomatologik kasalliklar (parodontoz)la yaxshi naf beradi. Pekin ultratovushni qo’llash bemorga to’g’ri kelishi-kelmasligini faqat vrach aniqlab beradi. To’qimalarni kesish kabi xirurgik operatsiyalarda ham ultratovush asboblaridan foydalaniladi. Ultratovush diagnostika maqsadlarida tosh va yot jismlarni, homilaning joylashish holati hamda boshining o’lchamini va boshqalarni aniqlashda qo’llaniladi.