Ulskiy ovuli

Ulskiy ovuli (hozirgi Rossiya Federatsiyasining Adigeya Respublikasi Ulyap Shovgenov rayoni) — qadimgi mozorqo’rg’onlarda topilgan ovul. 1898, 1908-10 yillarda N.I.Veselovskiy tomonidan 10 ta mozorqo’rg’on ochilgan. Ulardan eng qadimgisi miloddan avvalgi 6-asrga oid. Qabrlar talon-toroj qilingan. Dafn vaqtida mayyit bilan birga qo’shib ko’milgan otlar va ayrim buyumlargina saklangan. Eng katta mozorqo’rg’ondan (balandligi 15 metr) kabila sardori bilan birga ko’milgan 400 dan oshiq otlarning skeleti chiqqan. Topilmalar ichida skiflarning hayvoniy tasvir uslubida ishlangan buyumlari diqqatga sazovor. Mozorqo’rg’onlar mahalliy qabilalar — meotlar yoki G’arbiy Osiyoga qilingan yurishdan keyin Kuban orti dashtlarida yashab kalgan skiflarga tegishli bo’lgan.