Lukashenko Aleksandr Grigorevich

Lukashenko Aleksandr Grigorevich (1954.30.8, Vitebsk viloyatining Kopis shaharchasi) — Belorussiya davlat arbobi. Mogilyov pedagogika instituti (1975) va Belorussiya qishloq xo’jalik akademiyasi (1985)ni tugatgan. 1977-78 yillarda tuman ijroiya qo’mitasida ishlagan. 1982 yildan Agrosanoat majmuida turli lavozimlarda. 1990 yildan Belorussiya Respublikasi Oliy Kengashi a’zosi; 1993-94 yillarda Oliy Kengashning korrupsiyaga qarshi kurash komissiyasi raisi. 1994 yil iyuldan Belorussiya Respublikasi prezidenti. 1994 yil 21-23 dekabrda rasmiy tashrif bilan O’zbekistonda bo’lgan.