Lukyanov Yuriy Vasilevich

Lukyanov Yuriy Vasilevich (1934.14.7, Saratov viloyatining Engels shahri) — O’zbekiston Respublikasi xalq o’qituvchisi (1995). O’zbekiston jismoniy tarbiya institutini tugatgan (1964). 1964 yildan Urganch shahridagi 12-maktab, qurilish texnikumida, 1982— 98 yillarda 94-internat maktabida jismoniy tarbiya o’qituvchisi. O’quvchilar bilan jismoniy tarbiya darslarini, soglomlashtirish ishlarini zamon talabi darajasida olib bordi.