Labirint

Labirint (Yunoncha labyrinthos) — xonalari behad ko’p, yo’laklari odamni adashtiruvchi ulkan bino. Yunon mifologiyasida Krit oroli podshosi Minos uchun me’mor va mohir mexanik Dedal Labirint qurgan. Xavara (qadimgi Misr)dagi Amenemxet III ibodatxonasi (miloddan avvalgi 19-asr maydoni taxminan 72 ming m2) bir necha zallardan iborat bo’lib, haykal va bo’rtma tasvirlar bilan bezatilgan. 3 mingga yaqin xonasi bo’lgan. Ko’chma ma’noda — kishini chalg’itadigan murakkab joy, ilojini topish qiyin bo’lgan holat.