Laboratoriya mashg’ulotlari
Laboratoriya mashg’ulotlari — oliy, o’rta maxsus, kasb-hunar ta’limi va umumiy ta’lim maktablarida o’quvchi (talaba)lar mustaqil suratda bajaradigan amaliy ish turlaridan biri. Nazariy bilimlarni kengaytirish va mustahkamlash, mustaqil tajribalar bajarish malakasini rivojlantirish maqsadida o’tkaziladi. Tajriba uchun kerakli buyumlar, jihozlar, reaktivlar va boshqalarni tayyorlash, tajribaning chizma-rejasini tuzish, uni laboratoriya sharoitida amalga oshirish va tavsiflash jarayonini o’z ichiga oladi. Tabiiy-ilmiy va texnika fanlaridan dars berishda keng qo’llanadi.