Labihovuz ansambli

Labihovuz ansambli — Buxorodagi me’moriy yodgorlik (17-asr). Dastlab bozor maydoni bo’lgan. Maydon o’rtasida katta qovuz qazilib (1620 yil) atroflari sinchlar bilan mustahkamlangan, xarsanglardan zinapoyalar, marmardan tarnovlar ishlangan. Shag’al va tuproq bilan to’ldirilib shibbalangan. Hovuz eni 36 metr, bo’yi 45,5 metr, chuqurligi 5 metr. Uning g’arbida Nodir Devonbegi xonaqohi, sharqida Nodir Devonbegi madrasasi, shimolda Ko’kaldosh madrasasi va Ernazar elchi madrasasi ( saqlanmagan) qad ko’targan. Hozirgi hovuz atrofiga chinorlar ekilib, choyxona qurilgan. Yodgorliklar ta’mirlangan.