Labradorit
Labradorit — gabbrolar guruhiga mansub magmatik tog’ jinsi. Tarkibini, asosan, Labrador, bir oz piroksen va minerallar tashkil etadi. To’q kulrang yoki qora bo’ladi. Labradorit silliqlanganda yaltirab, ko’k-yashil tusda tovlanadi. Binolar, monumentlar devorini bezashda ishlatiladi. Labradorit konlari Rossiya (Ural), Ukraina, Kanada, AQShda uchraydi. O’zbekistonda Quljuktovda borligi ma’lum. Toshkentdagi bir necha haykalning asosi va ko’plab ma’muriy binolar Labradorit bilan bezatilgan.