Laktoza

Laktoza (lakt…), sut qandi, S12N22OP — disaxaridlar guruhiga mansub uglevod, D — glyukoza va D — Galaktozalar qoldiqlaridan hosil bo’lgan. Optik faol; molekulyar modda 342,3. Ona sutida — 5-8%, sigir sutida — 4-5% Laktoza bor. Laktoza — oq kristall modda, ta’mi shirin, suvda yaxshi eriydi. Kislotalar bilan gidrolizlanganda va laktaza ta’sirida glyukoza va galaktozata parchalanadi. Qaytarilish xususiyatiga ega, bijg’ib sut kislotasini hosil qiladi, shu bois sut mahsulotlari tayyorlashda Laktoza qo’l keladi. Sut yog’i va oqsili ajratilgach, zardobidan Laktoza olinadi. Oziq-ovqat sanoati, tibbiyot va bakteriologiyada (oziq muhitlar tayyorlashda) ishlatiladi.