Laylatul-qadr

Laylatul-qadr (Arabcha — qadr kechasi) — Islom aqidasiga ko’ra, ramazon oyining 26 dan 27 ga o’tar kechasi. Bu kechaning ulug’lanishi Qur’oni Karimning shu kechada nozil etila boshlagani, bu kecha ming oydan afzal ekani to’g’risida Qur’onda bashorat berilgani bilan izohlanadi. Unda aytilishicha, bu kechada osmon farishtalari Jabroil hamrohligida yerga tushib, tong paytigacha bir yillik bo’ladigan ishlar rejasini tuzadilar. Ular tuni bilan yana musulmonlar uchun istig’for aytib, gunohlarini kechirishini so’rab, Allohga iltijo qiladilar.