Ladakh

Ladakh — katta Himolay tog’larining shimolidagi tog’ tizmasi, Hindiston va Xitoyda. Uzunligi 600 kilometrdan ziyod. Eng baland joyi — Gurla-Mandxata tog’i, 7728 metr. Asosan, gneys va granit, shuningdek, cho’kindi jinslardan tuzilgan. Shimoliy-Sharqiy yon bag’irlari nisbatan yotiq; 5500-5700 metr balandlikda yer yuzasi tekis, morenalar bilan qoplangan. Qoyali uchli cho’qqilari qor va muzliklar bilan qoplangan. Janubiy-g’arbiy yon bag’rida siyrak butalar o’sadi, shimoliy-sharqida landshafti sovuq cho’ldan iborat.