Laramiy burmalanishi

Laramiy burmalanishi – bo’r davri oxiri va paleogen davri boshlarida sodir bo’lgan burmalanish. Shimoliy Amerikaning qoyali tog’lari hamda Janubiy Amerikaning and tog’larida kuchli kechgan. Yevropa va Osiyoda Alp tektogenezi fazalaridan biri deb qaraladi. O’rta Osiyoda faqatgina parallel stratigrafik nomuvofiqlik bilan ifodalangan.