Largo

Largo (italyancha Largo — keng) — musiqada eng sekin ijro sur’atining belgisi. Asosan, ulug’vor, tantanavor hamda Motamsaro asarlarda, keng, vazmin va ravon kuy rivojiga nisbatan ishlatiladi. Dastlab (17-asrda) faqat sarabanda raqsi uslubida ijro etilgan asarlarda qo’llanilgan. 18-asrdan (ayniqsa, Betxoven ijodidan boshlab) o’ta salobatli talqinga ega bo’ldi.