Latakiya

Latakiya — Suriyaning shimoliy- g’arbiy qismidagi shahar. Latakiya muhofazasining ma’muriy markazi. Aholisi 305 ming kishidan ziyod (1990- yillar urtalari). O’rta dengiz sohilidagi port. Latakiya — Halab — Qamishli temir yo’lning boshlang’ich punkti. Paxta tozalash, oziq-ovqat sanoati korxonalari, elektr motorlari zavodi, universitet bor. Zaytun moyi, ipak matolar ishlab chiqariladi. Latakiya yaqinidan bitum olinadi. Latakiya qadimgi shahar. Shaharga finikiyaliklar asos solgan. 7-asrda Latakiyani arablar bosib olgan. 1516—1918 yillarda Usmonli turklar, 1918— 43 yillarda frantsuzlar qo’l ostida bo’lgan. 1943 yildan Suriya tarkibida.