Lochinsimonlar
Lochinsimonlar (Faeconidae) — yirtqich qushlar turkumining bir oilasi. 58 turi ma’lum. Tumshug’i o’tkir. Qanotlari uzun va kambar, ilik suyagi kalta, barmoqlari uzun. Nari bilan modasining rangi o’xshash. Ba’zi turlari uya quradi. 2-6 ta tuxum qo’yadi. Antarktidadan tashqari, hamma hududlarda tarqalgan. Mayda sut emizuvchilar, qushlar, sudralib yuruvchilar, suvda va quruqlikda yashovchilarni qirib foyda keltiradi.
O‘xshash so‘zlar
- LOCHIRA
- Lodigin Aleksandr Nikolayevich
- Lodjiya
- Lodz
- Lof
- Lofoten orollari
- Log’on (lyakon) svitasi
- Log’on kanali











