Lorents (Lorenz) Konrad

Lorents (Lorenz) Konrad (1903.7.11, Vena — 1989) — avstriyalik zoolog, etolog va zoopsixolog. Hayvonlarning instinktiv xulq-atvori va uning onto va filogenezda rivojlanishi to’g’risidagi ta’limotni ishlab chiqqan (N. Tinbergen bilan hamkorlikda); ayrim asarlarida hayvonlar xulq-atvorining biologik qonuniyatlarini kishilik jamiyatiga ham tadbiq etgan. Nobel mukofoti laureati (1973, N. Tinbergen va K. Frish bilan hamkorlikda).