Loladoshlar
Loladoshlar — bir urug’pallalilar (lolasimonlar) sinfi (ajdodi) (Liliaceae)ra mansub oila. Ko’pchiligi piyozchali va tugunakli ko’p yillik o’tlar. Ba’zilari daraxtsimon o’simlik va lianalardan iborat. Bargi yaxlit, ko’pincha, nashtarsimon, ba’zan tuxumsimon, guli, ko’pincha, to’g’ri, ikki jinsli, to’pguli boshoqsimon, ro’vaksimon yoki shingilsimon. Mevasi ko’sakcha. Barcha qit’alarda tarqalgan. 10 turkumi. 470 ga yaqin turi bor. O’zbekistonda tabiiy holda 4 turkumga mansub turlari o’sadi. Bularga Loma, boychechak va boshqalar kiradi.
O‘xshash so‘zlar
- Loladoshlar
- Lolaqizg’aldoq
- LOMBARD
- Lome
- Lomonosov Mixail Vasilevich
- LONDON
- London (London) Jek
- London ilm-fan muzeyi, Ilm-fan va sanoat milliy muzeyi











