Lira

Lira (italyancha lira — funt) — 1) Italiya pul birligi. 1 Lira = 100 chentizimo. Xalqaro ifodasi ITL. 1862 yilda muomalaga kiritilgan. Xalqaro valyutalar kursi bo’yicha 1 AQSh dollari = 2192,71 Lira; O’zbekiston Respublikasi Markaziy banki belgilagan kurs bo’yicha 100 Lira = 30 so’m 94 tiyin (2002 yil Fevral); 2) Turkiya Jumhuriyati pul birligi. 1 Lira = 100 Kurush. Xalqaro ifodasi TRL. 1861 yilda piastra o’rniga muomalaga kiritilgan. Xalqaro valyutalar kursi buyicha 1 AQSh dollari= 1335000,0 Lira. O’zbekiston Respublikasi Markaziy banki belgilagan kurs bo’yicha 1000 Lira =0,53 tiyin (2002, Fevral).