Lizogen konversiya
Lizogen konversiya — lizogenizatsiya tufayli bakteriyalar xossalarining o’zgarishi. Lizogen konversiya bakteriofaglarning bakteriya genomiga yangi genetik axborot kiritilishi bilan bog’liq. Lizogen konversiya jarayonida, ko’pincha, bakteriya hujayrasi qobig’ining antigen tuzilmasi, toksinlarni sintezlash xususiyati, ayrim faglarga ta’sirchanligi va boshqa xususiyatlari o’zgaradi. Bunday o’zgarishlar bakteriya hujayrasi avlodlari irsiyatiga to profaglarning yo’qolishigacha o’tib boradi. Virulent faglar ta’sirida bakteriyalar xossalarining o’zgarishi fag konversiyasi deyiladi.