Livingston sharsharalari

Livingston sharsharalari — Kongo (Zair) daryosi quyi oqimidagi 30 dan ortiq Ostona va sharsharalar, Kinshasa va Matadi shaharlari oralig’ida. Kongo daryosining Janub Gvineya qirlarini kesib o’tish joyida hosil bo’ladi. Serostona joyining uzunligi 360 kilometr, 220 metr balandlikdan oqib tushadi. Livingston sharsharalarini aylanib o’tgan temir yo’l, yirik Inga GES qurilgan. Ingliz sayyohi D. Livingston nomi bilan atalgan.