Kenitra
Kenitra (Arabcha Mina-Hasan-Tani) — Marokashning shimoliy-g’arbiy qismidagi shahar. Kenitra provintsiyasining ma’muriy markazi. Aholisi 292 ming kishidan ziyod (1990-yillar o’rtalari). Sanoat-transport markazi. Sabu daryosining Atlantika okeaniga quyilish joyidagi port; chetga qishloq xo’jalik mahsulotlari va mineral xom ashyolar chiqariladi. Temir yo’l stantsiyasi. Oziq-ovqat (sabzavot konservasi va un tortish), to’qimachilik, metallsozlik va kimyo sanoati korxonalari bor. Kenitra yaqinidan neft olinadi.