Kiyev knyazligi

Kiyev knyazligi — Kiyev yeri hududidagi qadimgi rus davlati (1130 yildan). Markazi — Kiyev shahri. Qadimgi Rus davlatining parchalanishi jarayonida vujudga kelgan. Ba’zan Vladimir-Suzdal, Chernigov, Smolensk, Galichvolin Knyazliklari qaramligida bo’lgan; 1240 yilda mo’g’ul-tatarlar, 1362 yildan Buyuk Litva knyazligi tomonidan zabt etilgan; 1394— 1440 yillarda Litva noiblari, 1471 yildan voyevodalar tomonidan boshqarilgan.