APATIT

APATIT (Yunoncha apatao — aldayman) — fosfatlar sinfiga mansub mineral. Tarkibida R2O5 ning miqdori 42%. Aralashmalari: SO2, Mp, kamyob f elementlari, U, Sr va boshqalar. Oq, zangori, sariq, binafsha rang va boshqa rangdagi kristall va donador agregatlar. Qattiqligi 5. Sof og’irligi 3,2. Kimyoviy tarkibiga qarab Apatit ftorapatit, gidroksilapatit va xlorapatitga bo’linadi. Apatit magmatik, gidrotermal, pnevmatolit yo’l bilan hosil bo’ladi. Ba’zan Apatit kvars ertomirlarida va kristalli slaneslarda ham uchraydi. Cho’kindi jinslarda Apatit guruhiga kiradigan minerallar fosforitlar va qazilma suyaklar shaklida uchraydi. Apatit o’g’it, fosfor kislota va uning tuzlarini olishda xom ashyo; qora va rangli metallurgiyada hamda keramika va xira oyna ishlab chiqarishda qo’llaniladi. Kamyob yer elementlari qo’shilgan sintetik Apatit optikada qo’llaniladi. O’zbekistondagi fosforitlarning asosiy qismi Apatitdir.

APATIT — Rossiya Federatsiyasining Murmansk viloyatidagi shahar (1966 yildan). Imandra ko’li yaqinida. Temi yo’l tuguni. Aholisi 88 ming kishi (1991). Apatit-nefelin kon boyitish fabrikasi, Kareliya GRES, Rossiya Faning Kola ilmiy markazi bor. Xibin koni ishga tushirilishi munosabati bilan 1935 yilda posyolka sifatida vujudga kelgan.