Sale
Sale (Arabcha Sla, Sala) — Marokashdagi shahar, Atlantika okeani sohilida. Poytaxt aglomerasiyasi (Rabotsale Prefekturasi) tarkibida. Aholisi 300 ming kishidan ziyod (1990 yillar o’rtalari). Temir yo’l stantsiyasi. Transport va savdo-hunarmandchilik markazi. Oziq-ovqat, yoyuchsozlik sanoati korxonalari mavjud. Hunarmandchilikda gilam to’qiladi va kulolchilik buyumlari tayyorlanadi. Shaharga 11-asrda asos solingan. Me’moriy yodgorliklardan 11 —14-asrlarda qurilgan katta masjid, bir nechta madrasa, o’rta asrlarda qurilgan devor darvozalari bilan saqlangan. Sale yaqinida xalqaro ahamiyatga ega aeroport bor.