Lobnor, Qoraqo’shun
Lobnor, Qoraqo’shun — Xitoyning g’arbiy qismidagi oqmas ko’l. Tarim tekisligining sharqida, 780 metr balandlikda joylashgan. Ko’lga ko’nchi-Daryo va Tarim daryolari quyiladi. Ulardan keladigan suvning miqdoriga qarab Lobnorning o’rni, maydoni va sho’rligi o’zgarib turadi. Suv ko’payganda maydoni 3 ming km2 (9— 10-asrlarda 14 ming km2 ga yetgan), uz. 100 km, o’rtacha chuqurligi 1 metr. Ko’lning sohillari sho’rxok va botqoqlashgan. Noyabrdan martgacha ko’p qismi tubigacha muzlaydi. Ba’zi yillari Tarim daryosi Janubga burilib, Cherchen daryosi bilan qo’shiladi va Lobnordan 100-150 kilometr Janub-G’arbdagi Qoraqo’shun ko’liga quyiladi. Bunday vaqtlarda Lobnor qurib qoladi. Lobnorni o’rganish Markaziy Osiyodagi o’zani va o’rni vaqt-vaqti bilan siljib turuvchi Daryo va ko’llar muammosini hal qilishda muhim ahamiyatga ega bo’lgan.