Lourensiy
Lourensiy ( lotincha Lowrencium), Lr — Mendeleyev davriy sistemasining III guruhiga mansub sun’iy radioaktiv element. Tartib raqami 103, atom molekulasi 260,105; aktinoidlarga kiradi, barqaror izotoplari yuq. Massasi sonlari 253 dan 260 gacha bulgan 8 ta radioaktiv izotopi ma’lum. Eng uzoq yashaydiga izotopi 26OLr (T1/2=180 s, a-nurlanuvchi). Birikmalarida 3 valentli, ion radiusi Lr3+ 0,0921 nm. Og’irlik miqdorida olinmagan, tadqiqotlar 256Lr (T1/2=35s)ning alohida atomlari ustida olib borilgan. Lourensiyning kashf etilganligi haqidagi ma’lumot ilk bor A. Giorso (AQSh) tomonidan 1961 yil e’lon qilingan. Tsiklotronni kashf etgan olim E. Lourens sharafiga shu nom bilan atalgan.