Luanda

Luanda — Angola poytaxti. Mamlakatning siyosiy, iqtisodiy va madaniy markazi. Luanda provintsiyasining ma’muriy markazi. Atlantika okeani sohilida, Kvanza daryosi quyilishi yaqinida joylashgan. Aholisi 2 million kishidan ziyod (1990-yillar oxirlari). Iqlimi tropik, sernam iqlim, aprel oyidagi eng yuqori temperatura 33°, iyuldagi eng past temperatura 16,5°; yiliga 250-500 mm yog’in yog’adi, transport yo’llari tuguni. Yirik port (chetga neft va neft mahsulotlari chiqariladi; yillik yuk ortib-tushirish qariyb 3 million tonna). Aeroporti xalqaro ahamiyatga ega. Mamlakatdagi ishlab beruvchi sanoat mahsulotining 50% dan ortig’i Luandada ishlab chiqariladi. Neftni qayta ishlash, kimyo, rezina-texnika, to’qimachilik, oziq-ovqat, tayyor qismlardan avtomobil yig’ish asosiy sanoat tarmoqlari hisoblanadi. Luanda yaqinidan neft olinadi. Universitet, kutubxonalar, Angola va Dundu muzeylari bor. Shaharga 1575 yilda portugallar tomonidan asos solingan. 16-asr oxirlaridan Luanda Portugaliyaning Angoladagi mustamlakasining ma’muriy markazi va muhim bazasi bo’lgan. 18— 19-asrlarda qul savdosining yirik markazi hisoblangan. Mustamlakachilik davri (17 — 18-asrlar)da qurilgan me’moriy yodgorliklar salangan.