Xontangri

Xontangri — Markaziy Tyanipan tog’laridagi cho’qki. Qirg’iziston hududining eng Sharqiy chekkasida, balandligi 6995 metr. Piramida shaklida. Paleozoy yoshidagi marmar va marmarlashgan ohaktoshdan tashkil topgan. Cho’qqini 1857 yilda P. P. Semyonov Tyanshanskiy Xontangri deb atagan; ungacha qirg’izcha Qantoo, ya’ni Xontog’deb atalar edi. Ilk o’rta asrdan ma’lum bo’lgan hakiqiy Xontangri cho’qqisi Janubroqda qaqshal tizmasida bo’lib, g’alaba cho’qqisi deb ataladi (7439 metr). XontangrigaT. Pogrebeskiy 1931 yil 1 sentabrda birinchi marta chiqqan. Yon bag’irlari tik va qor bilan qoplanganligi sababli qor ko’chkilari bo’lib turadi.