Legenda

Legenda (lotincha Legenda — o’qilishi kerak bo’lgan narsa), xaritagrafiyada — xarita mazmunini ochib beradigan barcha shartli belgilar va izohlar majmuasi. Legenda xaritaga olingan ob’yektning mantiqiy asosini ifoda etadi. Belgilarning ketma-ket joylashtirilishi, ularning o’zaro bir-biriga muvofiqligi, shtrixli elementlar uchun ranglar gammasini to’g’ri tanlab olish xaritada tasvirlanayotgan hodisa yoki jarayon tasnifiga mantiqan bo’ysundirilgan bo’ladi. Legenda asosiy xarita bilan uning Ramkalari orasidagi bo’sh qolgan joylarda va undan tashqarida maqsadga muvofiq joylashtiriladi. Geografik atlaslar va ko’p varaqli xaritalarda Legenda alohida sahifada beriladi yoki risola holida ularga ilova qilinadi. Ad.: Salitshev K. A., Kartografiya [3 izd.], M., 1990.