Mavlonov Sirboy

Mavlonov Sirboy (1922.17.9, Kustanay viloyati — .?, Olmaota) — Qozog’iston xalq shoiri (1982). 2-jahon urushi qatnashchisi (1941-43). Urushdan yarador bo’lib qaytgach, Kustanay viloyati gazetasida muharrir o’rinbosari (1943— 50). So’ng turli vaqtda Qozog’iston Yozuvchilar uyushmasida maslahatchi, «qozoq adabiyoti» gazetasi va «Juldiz» («Yulduz») jurnalining bosh muharriri. She’riy ijodi 1948 yildan boshlangan. «Yangi bahor» (1956), «Moviy tog’lar» (1964), «Yer qaymog’i» (1965), «jangchining kafti», «tanlangan lirika» (1967), «qadimiylik va yoshlik» (1969), «barglar yonmoqda» (1971), «Aprel yomg’iri» (1972), «Subhidam» (1976) singari qozoq va rus tillarida 30 dan ziyod she’riy kitoblari e’lon qilingan. Bayron, Pushkin, Lermontov, Nekrasov, Mayakovskiy, G’afur G’ulom, Mirtemir, Shukrullo, Mirmuhsin she’rlarini qozoq tiliga tarjima qilgan. Mavlonov o’zbek adabiyotining Qozog’istondagi eng faol targ’ibotchilari va tarjimonlaridan biri. Mavlonovning «kuzgi bulutlar» (1987) to’plamidan joy olgan «O’zbekiston — gullar diyori» she’riy turkumi shoirning o’zbek yurti va o’zbek xalqiga mehr-muhabbat tuyg’ulari bilan yo’g’rilgan. Mavlonovning bir qancha she’rlari Mirtemir, S. Akbariy, M. Jalil va boshqalar tomonidan o’zbek tiliga tarjima qilingan. Abay nomidagi Qozog’iston Davlat mukofoti laureati.