Lao-Tszi

Lao-Tszi (xitoycha, aynan — keksa ustoz) (miloddan avvalgi 604, Chu podshohligi, Xenan viloyati — Xitoydan tashqarida juda keksayib vafot etgan) — Xitoy faylasufi Li yerning faxriy nomi. U daosizmga asos solgan. Konfutsiy bilan bir qatorda turadigan buyuk Xitoy mutafakkiri hisoblanib, uni yo’l va yaxshi fazilatlar haqidagi qadimgi Xitoy risolasi — «Lao-Tszi» («Dao de Szin») muallifi deb biladilar. Bu kitob qadimgi Xitoy asarlariga qaraganda eng ko’p chet tillarga tarjima qilingan. Unda Lao-Tszi Eaoni inson his-tuyg’ulari bilan bilib bo’lmaydigan hamma narsaning asosi deb hisoblaydi. Lao-Tszi ta’limotida tabiatdagi barcha narsalar o’zgarib turadi, Lekin muayyan bosqichga erishgach, o’zining aksiga qaytadi. Binobarin, kishilar xatti-harakat, intilish, kurashlardan voz kechishlari, ortiqcha sarf-xarajat, hashamatga yo’l qo’ymasliklari, yashash tarzini esa oddiylik, soflik belgilashi lozim.