Leggorn

Leggorn — go’sht-tuxum yo’nalishidagi serpusht tovuq zoti. 19-asrda AQShda Italiya oq tovuqlarini Minorka va ispan, urushqoq va boshqa zotlar bilan chatishtirib chiqarilgan. Zot mahalliy tovuqlar olib kelingan Italiyadagi Livarno (inglizcha Leghorn) porti nomidan olingan. Boshi kichik, quloq solinchog’i oq yoki sarg’ish, toji katta. Pati, asosan, oq, qo’ng’ir, sariq, qora, ko’k. Yaxshi iqlimlashadigan, chidamli, tez etiladigan oq Leggorn ko’proq tarqalgan. Tovuqlarining o’rtacha vazni 1,6—1,8 kilogramm, xo’rozlari 2,3—2,5 kilogramm. Tovug’i yiliga o’rtacha 240 va undan ortiq tuxum qiladi. Tuxumi vazni 57-60 gramm. Amerikadan, so’ngra Yevropa mamlakatlari va Yaponiyadan 1925 yilda SSSRga keltirilgan va oq rus tovuq zotlarini chiqarishda foylanilgan. Leggorn ko’pgina mamlakatlarda keng tarqalgan. 1925 yildan O’zbekiston parrandachilik fabrikalarida boqiladi.