Lejandr (Legendre) Adrien Mari

Lejandr (Legendre) Adrien Mari (1752.18.9 — Parij — 1833.10.1) -frantsuz matematigi, Parij Fanlar Akademiyasi a’zosi (1783). Geodezik o’lchashlar nazariyasini ishlab chiqqan, eng kichik kvadratlar usulini ochgan, elliptik integrallar va variatsion hisob bilan shug’ullangan. Lejandr ko’phadlari va Lejandr almashtirishi deb ataladigan tushunchalarni kiritgan. Lejandr elliptik integrallarning qat’iy qoidaga aylanishini isbotlagan, ularning qatorlarga ajralishini topgan va qiymatlari jadvallarini tuzgan. Variatsion hisobda ekstremumning mavjudligini aniqlagan.