Leykoplastir, yopishqoq plastir
Leykoplastir, yopishqoq plastir — kanifol, sariq mum, rux oksid, lanolin, kauchuk va tozalangan benzindan iborat maxsus yopishqoq massa surtilgan yupqa mato (azifon). Eni 1 dan 8 santimetrgacha, uzunligi 5 metrgacha bo’ladi. Teriga jips yopishadi. Yaralarga va operatsiya qilingan joyga qo’yilgan bog’lovni mahkam ushlab turish uchun ishlatiladi. Bakterisid Leykoplastir ham bor.