Linney

Linney (Linne, Linnaeus) Karl (1707.23.5, Rosxult — 1778.10.1, Upsa- la) — shved tabiatshunosi. Shvetsiya Fanlar Akademiyasi akademik va uning birinchi Prezidenti (1739 yildan), Parij Fanlar Akademiyasi akademik (1762 yildan). Lund va Upsala universitetlarida o’qigan, upsala universiteti professor (1741 yildan). O’simlik va hayvonlarning zamonaviy sistematikasiga asos solgan, binar nomenklaturani fanga kiritgan. Linney turni ikki nom, ya’ni tur va urug’ (turkum) nomi bilan atashni taklif etgan; sinf, turkum (tartib), urug’ (turkum), tur va variatsiya tushunchalarini anikdab bergan. Linney 1500 o’simlik turlarini tavsiflab berdi. O’simliklarni 24 sinf, hayvonlarni 6 sinf (sut emizuvchilar, qushlar, amfibiyalar, baliqlar, chuvalchanglar va hasharotlar)ga ajratadi. Amfibiyalarga suvda va quruqlikda yashovchilar hamda sudralib yuruvchilarni kiritadi. Odamni hayvonlar sistemasi (sut emizuvchilar sinfi, primatlar turkumi)ga kiritish o’sha davrda hukmron bo’lgan dunyoqarashlarga zid edi. Linney sistemasi ko’p xususiyatlarga ko’ra, sun’iy bo’lsa ham o’z davrida katta ijobiy ahamiyat kasb etdi. U 10000 dan ortiq usimlik, 4200 dan ortiq hayvon turlarini tavsiflab berdi. Linney tibbiyot, o’simliklarning iqlimga moslanishk va boshqa masalalarga bag’ishlangan bir qancha asarlar yaratdi. Upsala shahrida G’arbiy Yevropada eng yaxshi hisoblangan botanika bog’ini tashkil etdi.