Oqko’l

Oqko’l — Xorazm viloyati Yangiariq tumanidagi bir guruh ko’llar nomi (Oqko’l, Gazko’l, Sho’rko’l, Otako’l, Bog’otliko’l, maydoni 4 ming gektar, o’rtacha chuqurligi 1 metr, suvi sho’rroq. Ko’llarning tubi gil va qumtoshlardan iborat, soxillari asosan, yassi. Ko’llar kollektorlar orqali birlashtirilgan, shu sababli hammasining suv yuzasi bir me’yorda turadi. Tashlandiq va sizot suvlar hisobiga to’yinadi. Yuzasining 30-80% qamish va qo’g’a bilan qoplangan. Cho’rton, sazan kabi baliqlar bor. Ondatra boqiladi. Ko’llar sayozlashib bormoqda.