Oqmas ko’l

Oqmas ko’l — bir yoki bir necha soydaryo quyilsa ham suvi oqib chiqmaydigan ko’l. Bundam ko’l suvi, asosan, bug’lanishga sarf bo’ladi. Masalan, Qirg’izistondagi Issiqko’lga Tup, Jirg’alan kabi ko’plab Daryo va soylar quyiladi. Qozog’istondagi Balxash ko’liga ili, Qoratol, Oqsuv, Lepsi va boshqa suvlar quyiladi, lekin, ulardan bironta ham soy oqib chiqmaydi. Kaspiy, Orol dengizlari ham aslida Oqmas ko’llardir. Asosan, qurg’oqchil o’lkalarda Oqmas ko’llarni suvi, odatda, sho’r yoki sho’rtob bo’ladi.