Oqota
Oqota — Toshkentning shimoliy-sharqiy chekkasida joylashgan shahar xarobasi (milodiy 5— 6-11-asrlar; qisman 15- asr). 20-asrning 20-yillarida qayd etilgan bo’lsada, birinchi arxeologik tadqiqot ishlari 1940 yil o’tkazilgan (M. E. Vorones). Oqotaning umumiy maydoni 600 x 300 metr, arkining balandligi 5-6 metr. 1960 yil Oqotadan temuriylar davriga oid xazina topilib, 1040 ta mis tanga O’zbekiston xalqlari tarixi muzeyiga topshirilgan. Oqotaning negizini ilk o’rta asrlarda qurilgan Ark tashkil qiladi. U 10— 11-asrlarga kelib qabristonga aylangan. Oqotadagi hayot 15-asrda bir oz jonlangan.